«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Las-Palmas»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (3:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Ikkita mag'lubiyatdan keyin g'alaba qozonishimiz shart edi. Uchta gol urib, o'z darvozamizdan gol o'tkazib yubormadik. Muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik. O'yin boshida muammolarga duch keldik. Ikkinchi bo'limda esa raqibga nisbatan yaxshi o'ynadik. Bu g'alaba o'yinchilarga kerak edi. Shundan xursandman.
Ronaldu uchinchi golni yuzaga keltirdi, Iskoga uzatma berdi. Bu qarshi hujumda yuzaga keltirilgan yaxshi gol bo'ldi. Krishtianu gol urishni yaxshi ko'radi. Ishonchim komil, u hali gollar uradi", — dedi Zidan.