«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina termasidagi jamoadoshi Serxio Agueroga kelasi yilda «Real»ga o'tmaslikni maslahat berdi.
Madridliklar prezidenti Florentino Peres "Manchester Siti" forvardini jamoa uchun mos keladigan futbolchi sifatida o'zi uchun aniqlab oldi. Agar "shaharliklar" "Arsenal" forvardini qo'lga kiritishsa, "Real" rahbari Agueroni Madridga olib kelishga harakat qiladi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Messi Agueroga "vatsap" orqali xabar yuborgan hamda unga Manchesterda qolishni maslahat bergan. Lionel yurtdoshiga hozirda "Real"da pasayish yuz berayotgani hamda "Manchester Siti" jahon futbolida etakchi mavqega chiqayotganini ta'kidlagan.