“Real”ning sobiq hujumchisi, ayni paytda “Lion”da to'p surayotgan Mariano Dias, aslida, “Real”da qolmoqchi bo'lgan, ammo Zidan uni ketishga majbur qilgan ekan.
“Men Zidandan nima qilishim kerakligini so'radim. U esa imkon qadar tezroq ketishim lozimligini aytdi. Agar u qolishing mumkin, deganida men unga quloq solardim va “Real”da qolardim. To'g'ri, Madridda men juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldim, ammo bundan xafa emasman, chunki jamoa bilan ikkita sovrinni qo'lga kiritdim. O'z navbatida “Lion”ga o'tishimni Zidan maslahat bergandi”, dedi Dias.