“Las-Palmas” futbolchisi Lyuk Remi mashg'ulot vaqtida jamoadoshi Ussam Tannan bilan janjallashdi. Dastlab ular bir-birlarini so'zlar bilan haqoratlay boshlashdi, keyin esa Remi to'pni jamoadoshiga qarab uloqtirdi. Bu vaqtda Ussam erga tayanish mashqini bajarayotgandi.
Keyin ular mushtlashib ketishdi. Yakunda jamoadoshlari ularni ajratib qo'yishdi va futbolchilar kelishib olishdi.