Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush o'rtoqlik o'yinlari uchun "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni taklif qilmadi. Buning sababini mutaxassis quyidagicha izohladi:
"Past samaradorlik? Rostdan ham Krishtianu Ronaldu terma jamoaga aynan shu sababli taklif qilinmagan deb o'ylaysizmi? Yo'q, bunday emas. Ba'zi futbolchilarga dam berish maqsadida ularni ro'yxatga qo'shmadim, ayrimlari esa jarohat olishgan", — dedi Santush.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi 10 noyabr kuni Saudiya Arabistoni, 14 noyabr kuni esa AQShga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi.