Madridning "Real" darvozaboni Keylor Navas kelajakda klubni tark etmoqchi emasliginia aytib o'tdi. Qolaversa futbolchi nima uchun sochini oldirib tashlaganini ham aytib o'tdi. Futbolchi sochini oldirishiga asosiy sabab rak kasaliga chalingan yosh bolalarni qo'llab-quvvatlash ekanligini ta'kidlab o'tdi.
"Men "Real"ni tark etishni rejalashtirmayapman. Mening shartnomam tugashiga yana 3 yil muddat bor. Maqsadim aniq: oldindagi barcha vazifalarni zabt etmoqchiman." - deydi Navas.
Ma'lumot uchun, oldinroq Zinedin Zidan Navasga to'liq ishonch bildirishini aytib o'tgan edi.