«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga Xalqaro futbol tarixi va statistikasi (IFFHS) versiyasi bo'yicha 2016 yilning eng yaxshi to'purari sovrini topshirildi. Mazkur tanlovda futbolchilar tomonidan klub va terma jamoa safida xalqaro o'yinlarda urgan gollari inobatga olinadi.
2016 yilda Ronaldu xalqaro o'yinlarda 24 ta gol urdi (11ta «Real» va 13ta Portugaliya terma jamoasi safida). Portugaliyalik futbolchi bu natija orqali Lionel Messi (21) va Edinson Kavani (16)ni ortda qoldirdi.
Shu tariqa, Ronaldu IFFHS'ning mazkur sovriniga 3 marta ega chiqdi (2013, 2014 va 2016). Messi hisobida esa bunday sovrindan 2tasi mavjud.