Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush bo'lajak o'rtoqlik o'yinlarda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu, shuningdek, boshqa asosiy tarkib futbolchilariga murabbiylar dam berishga qaror qilishgan.
Darvozabonlar: Betu ("Geztepe", Turkiya), Antoni Lopesh ("Lion"), Joze Sa ("Portu");
Himoyachilar: Kevin Rodriges ("Real Sosedad"), Antunesh ("Xetafe"), Luish Netu ("Fenerbaxche"), Pepe ("Beshiktash"), Edgar Ie ("Lill"), Joau Kanselu ("Inter"), Nelson Semedu ("Barselona"), Rikardu Ferreyra ("Braga"), Rikardu Pereyra ("Portu");
Yarimhimoyachilar: Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Brunu Fernandesh, Jelson Martinsh (ikkalasi - "Sporting"), Danilu Pereyra ("Portu"), Joau Mario ("Inter"), Manuel Fernandesh ("Lokomotiv", Rossiya), Ruben Nevesh ("Vulverxempton"), Gonsalu Guedesh ("Valensiya"), Roni Lopesh ("Monako").
Hujumchilar: Andre Silva ("Milan"), Bruma ("RB Leypzig"), Eder ("Lokomotiv", Rossiya).