"Real Madrid" klubi Ispaniya primerosining navbatdagi turi uchrashuvlariga mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Bugungi mashg'ulotlarda Garet Beyl, Rafael Varan va Daniel Karvaxal umumiy guruh bilan shug'ullanishdi. "Xuvenil A"dan esa asosiy jamoaga yosh darvozabon Moha taklif etildi. Hozircha jarohati bois Keylor Navas, Luka Zidan va Mateo Kovachich umuman mashg'ulotlarda qatnasha olmayapdi.