“Real”ning sobiq yarim himoyachisi Rafael Martin Vaskes “Real”ning so'nggi o'yinlardagi omadsizligi haqida gapirdi.
“Men jamoa inqirozda deb o'ylamayman. To'g'ri, “Real”ning ahvoli hozir yaxshi emas, ammo mavsum hali uzoq cho'ziladi. Jamoada EChL kubogini ketma-ket ikki marta qo'lga kiritgan futbolchilar o'ynashadi. Ular ko'p narsaga qodir. Shunchaki tezda tushkunlikdan jo'shqinlikka o'tish kerak”, dedi Vaskes.