“Real”ning oxirgi o'yinlardagi mag'lubiyatlari klub prezidenti Florentino Peresni jiddiy choralar ko'rishga undamoqda. Xususan, u Zidanni iste'foga chiqarib, bosh murabbiylikka Mourisio Pochettinoni taklif qilmoqchi.
“Daily Mail” nashrining xabar berishicha, aynan argentinalik mutaxassis “Real”ning boshqarish uchun asosiy nomzod hisoblanmoqda. Qolaversa, Peres “Tottenxem”ning bir nechta futbolchilari, xususan, Keyn va Allini ham xarid qilmoqchi. U bu borada Pochettinoning yordamiga suyanmoqchi.