"Real" himoyachisi Marselo "Malaga"ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berib o'tdi.
"Biz bu jamoa bilan faxrlanamiz. Ispaniya chempionatini yutish oson bo'lmadi, bu liga jahonda eng kuchli. Ko'pchilik "Real"ni chempion bo'lishini xohlamadi, ammo biz oxirigicha kurashdik. Chunki biz "Real Madrid". Bizning vazifa Ispaniya chempionati bilan birgalikda boshqa barcha turnirlarni yutish edi. Endi bizda CHL finaligacha 2 hafta vaqt bor." - deydi Marselo.