"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Tottenhem" bilan o'yindan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.
"Nima bo'lishidan qat'iy nazar men tashvishda emasman. Biz o'zimizdan kuchli raqibga qarshi to'p surdik, buni tan olish kerak. Jamoam juda yomon o'yin ko'rsatmadi. Bizda xisobni tenglashtirish uchun imkoniyat bo'lgan edi, ammo biz vaziyatlardan foydala olmadik. Jismoniy xolatimiz yomon axvolda deya olmayman. Biz o'z darajadamizda turubmiz, shunchaki ketma-ket ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradik. La Ligada mag'lubiyatga uchrash har doim aqliy jihatdan tiklanib olish murakkab bo'ladi. Bu mag'lubiyatdan keyin esa yana vaziyat og'irlashdi. Biz ko'proq vaziyat yaratib, yaratilgan vaziyatni golga aylantirishimiz kerak. So'nggi paytlarda bu bizning muammoga aylanmoqda."
Golli "qurg'oqchilik" haqida:
"Men buni qurg'oqchilik deb atamagan bo'lar edim. Biz hisobni tenglashtirimiz mumkin edi, biroq to'p darvozaga kirishni istamadi. Raqiblar esa bundan foydalanishda va 3 ta to'p kiritishdi."
O'yin haqida:
"Biz kecha kerakli natijaga erisha olmadik. Chempionat baxslarida va Chempionlar Ligasida ketma-ket mag'lubiyatga uchradik, tabiyki bundan xursand emasmiz. Jamoada hozir omadsiz davrlar bo'lmoqda, lekin buni shundayligicha qabul qilmog'imiz zarur. Bizni oldinda uchrashuvlar kutmoqda va vaziyatni o'zgartirish imkonimiz bor."
Kiyinish xonasi haqida:
"Biz baxtli emasmiz. Xayotingda shunday qorong'u kunlar bo'ladi va biz buni qabul qilishimiz kerak. Vaziyatni o'zgartirishimiz uchun vaqt bor."
"Tottenhem haqida:
"Har qanday jamoa Chempionlar Ligasini yutishi mumkin va "Tottenhem" ulardan biri."