"Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Tottenhem"ga maag'lubiyatga uchraganidan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Mening shartnomam tugashiga hali yana 4 yil bor va men shartnomamni uzaytirishni xohlamayman. O'zimni klubda ajoyib xis qilaman. Jamoaga kelsak hech narsa sodir bo'lmadi. Biz har doim bir xil saviyada o'ynab g'alaba qozona olmaymiz. O'zimiz xohlagandek o'yin ko'rsata olmagan bo'lsakda, men yomon o'yin ko'rsatdik deyish fikridan yiroqman. Pepe, Xames va Moratalar bilan biz yanada kuchliroq bo'lar edik. Shuningdek, Karvaxal va Beylni ham qo'shimcha qilib o'tish zarur. "Real" - kuchsiz jamoa emas, hozirgi tarkibdagi futbolchilar orasida tajriba kam emas. Nima ham qilar edik, bu futbol gohida yutamiz, gohida mag'lubiyatga uchraymiz. Biz endilikda faqat oldinga qarab intilishimiz kerak. Men bu vaziyatni qo'rqinchli deb atamagan bo'lar edim, bizda shunchaki omadsiz seriyalar bo'ldi. Hech kim ideal bo'la olmaydi. Bunday vaziyatlarda bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Bizning omadsizlar o'zaro munosabatlarimizda deb o'ylayman. Biz buni yashira olmaymiz." - deydi Ronaldu.