Madridning "Real" klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchrashuvi doirasida "Tottenhem"dan mag'lubiyatga uchraganidan xabaringiz bor.
Yakshanba kuni ham "Qirollik klubi" "Jirona"dan mag'lub bo'lgan edi (1:2). Bu orqali madridliklar so'nggi 2,5 yillikda ilk marta mehmonda ketma-ket mag'lubiyatga uchradi. So'nggi bora 2015-yil mart oyida La Ligada "Atletik Bilbao" (0:1) va "Barselona" (1:2) hisobida mag'lub bo'lgan edi.