“Real” klubining sobiq himoyachisi Rafael Alkorta “Tottenxem” bilan bo'lgan o'yinni tahlil qildi. Uning fikricha, “qirollik klubi” futbolchilarida ruhiy muammolar bor, ular shu sababli raqibga imkoniyatni boy berishgan.
“Tottenxem” kuchli o'ynadi. Qolaversa, “Real” futbolchilarining ruhiy holatida muammolar kuzatildi. Ular shu bois ko'p xato qilishdi”, dedi Alkorta.