Diario Gol nashrining xabariga ko'ra, “Tottenxem” klubi hujumchisi Xarri Keyn faqat bir shart evaziga “Real”ga o'tishi mumkin. Keyn Madridga Karim Benzemaning o'rniga kelmoqchi. Agar frantsuz hujumchisi “qirollik klubi” safida qolsa Xarri Londonda qoladi.
Xabarlarga qaraganda “Real” prezidenti Florentino Peres bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvdan so'ng angliyalik futbolchi bilan gaplashib oladi.
Eslatib o'tamiz, madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan shogirdi Benzemani bir necha bor dunyoning eng yaxshi hujumchisi sifatida e'tirof etgan edi. Keyn esa “Real”da asosiy hujumchi sifatida o'ynamoqchi.