"Real" yarimhimoyachisi Isko Ispaniya chempionati yakuniga yetganidan so'ng OAV intervyu berib o'tar ekan, u jamoada qolmoqchi ekanligini aytib o'tdi.
"Muxlislarni xotirjamlikga chaqiraman, men "Real"da qolaman. O'zimni bu yerda juda yaxshi xis etaman va futbolchi sifatida o'smoqchiman. Men "Malaga" fanatlaridan juda ham minnatdorman, bugun men uchun ayniqsa eng muhim bo'ldi. Men faoliyatimda ilk marta mamlakat chempioni bo'ldim." - deydi futbolchi.
Ma'lumot uchun, Isko jamoa bilan 2022-yilgacha shartnomani uzaytirmoqchi.