Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Tottenxem”ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, madridliklar Ispaniya chempionatida o'rtamiyona “Jirona” klubiga imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.
“Ha, bu men uchun yangi chaqiruv bo'ldi. Alamli mag'lubiyatni unuta olmayapman. Muhimi ishlashda davom etish kerak.
Biz joriy mavsumda har qanday vaziyatni boshimizdan o'tkazdik. “Real”ga mag'lubiyat mazasi yoqmaydi, lekin yangi chaqiruvlarni yaxshi ko'raman. Endi yana g'alabaga bo'lgan imkoniyatlarimiz oshdi deya olaman.
Qachonki ishlarim qiyinlashib ketsa, shulardan qutulish yo'llarini o'ylab topaman. Bu holat esa menga yoqadi.
“Real” futbolchilari o'z joyida, balki kimdir mag'lubiyatni hali ham gapirib yurgan bo'lishi mumkin. Ammo bugun faqat “Tottenxem”ga qarshi uchrashuv haqida o'ylayapmiz. O'ylaymanki, “Real” safarda yaxshi o'yin o'tkazadi”, deydi Zidan.
Ma'lumot uchun, “Tottenxem” – “Real” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.