Madridning "Real" klubi asosiy hujumchisi Karim Benzema fransiyaning Les Inrockuptibles jurnaliga intervyu berib o'tdi.
Garri Linekerning tanqidi haqida:
"Men uchun sobiq futbolchilarning tanqidlarini qabul qilish og'ir, boz ustiga ular jurnalistlar tomonidan bo'lsa. Ularning ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor, biroq ular hamjihat emas. To'g'risini aytsam sobiq futbolchi jurnalistga aylanib qolgani uchun afsusdaman."
Fransiya terma jamaosi haqida:
"Shubxasiz, terma jamoaga qaytishni xohlayman. Kim ham milliy termaoda o'ynashni xohlamaydi. Men har doim terma jamoaga qaytishga va Rossiyaga borishga umidvorman. Buning uchun "Madrid" tarkibida yaxshi xislatlarni ko'rsatishga harakat qilaman va keyin ko'ramiz yakunda nima bo'lar ekan."
Dide Desham haqida:
"Bu haqida gapirishni istamayman, hamma narsa noto'g'ri talqin qilinishi mumkin. Men bu mavzu haqida umuman gapirmoqchi emasman, buni xohlamayman ham. Men faqat unvonlarni qo'lga kiritishgan va muvaffaqiyatgan intilaman."