Germaniyaning Bild nashri xabariga ko'ra "Madrid" himoyachisi Xesus Valexo Franfukrtning "Ayntraxt" klubiga qaytishi mumkin. Bilasiz, o'tgan mavsumda Xesus "Ayntraxt" sharafini ijara asosida butun mavsum himoya qilgan edi. Nemislar rahbarlari qishdayoq 20 yoshli himoyachini ortga qaytarish yo'llarini qilmoqchi.
"Burgutlar"ga Valexoning "Qirollik klubi"dagi vaziyati tushinarli (hozirda Xesus faqat Qirol kubogida 3-divizion jamoasi "Fuenlabrada" klubiga qarshi o'yindagina maydonga tushdi xolos) bo'lib shu sababli uni ortga qaytarishni rejalashtirishmoqda. Nemis klubi ispaniyalik himoyachini jamoaning asosiy himoyachisi yaponiyalik Makoto Xasebe o'rniga nomzod sifatida qaramoqda. Hozirgi kunda Xaseba og'ir jarohat olgan bo'lsa, Karlos Salseda himoyada ishonchli o'yin ko'rsatmayapdi. Shu sababli "Ayntraxt" ustozi Niko Kovach shaxsan o'zi Valexoni ortga qaytarishni istamoqda.