Chempionlik unvoni qo'lga kiritilgandan so'ng, «Real» darvozaboni Keylor Navas sochini qirtishlagan holda ommaga ko'rinish berdi.
«Men butun dunyodagi xasta bolalar va ularning oilasiga hurmat yuzasidan sochimni qirtishladim. Ular kasallikka qarshi kurashdan to'xtamasligi kerak.
Xudoga iltijo qilib, ularning dardiga shifo so'rayman. Biz ular tufayli sovrinlar uchun kurashamiz» - dedi Navas.