Fransiyalik mutaxasis Zinedin Zidan "Tottenhem" bilan o'yindan oldin press-konferensiyada qatnashdi.
"Biz yaxshi formaga kirib oldik. Ko'pchilik mag'libiyatdan so'ng bizda ruxiyat yaxshi emas deb hisobladi, biroq bunday emas. Qaytaraman, biz ajoyib jismoniy xolatdamiz va o'zimizning o'yinni ko'rsatishga tayyormiz. Uchrashuv oson bo'lmaydi, chunki biz katta klubga qarshi maydonga tushamiz, ammo jamoamiz bilan zo'r o'yin ko'rsatishga tayyor ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak."
"Uembli" haqida:
"Futbolchilar qayerda qanday o'ynash kerakligini bilishadi. "Uembli" afsonaviy stadion va biz bu stadionda ikki buyuk klub ijrosida shou guvohi bo'lamiz. Albatta, muxlislar bop o'yin bo'ladi degan umiddaman. O'ylashimcha, men eski "Uembli"da o'ynaganman va buni yaxshi xotiralar bilan eslayman."
"Jirona" haqida:
"Kataloniyaliklarga qarshi o'yinni yomon o'tkazdik deyish fikridan yiroqman. Raqiblar bizni yengdi, biroq biz bu haqida ko'p ham o'ylamoqchi emasmiz. Hozir biz bo'lajak uchrashuv haqida bosh qotirmoqdamiz."
Maurisio Pochettino haqida:
"Pochettino aqlbovar qilmas ishlarni bajarmoqda va u klubda o'zini yaxshi xis etmoqda. Uning natijalari barchasini ko'rsatib berayapdi. Ikki yoki uchta markaziy himoyachilardan tuzilgan jamoaga qarshi o'ynash qiyin deb o'ylamayman."