"Tottenhem Xotspur" hujumchisi Xarry Keyn bugun jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Sky Sports nashrining xabariga ko'ra Keyn ertaga "Real Madrid"ga qarshi baxsda maydonga tushish yoki tushmasligi ertanggi baxs oldidan aniqlashadi.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli hujumchi Angliya Premyer-ligasining 10-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda jarohati sabab o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Hozirgi kunda angliyalik hujumchi milliy chempionat baxslarida 9 o'yinda maydonga tushib 8 ta golga mualliflik qilgan.