"Qirollik klubi" afsonasi 41 yoshga to'ldi
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Xose Mariya Gutierres bugun 41 yoshga to'ldi. Guti "Madrid" safida 15 mavsum harakat qilgan va 538 ta o'yinda maydonga tushib 77 ta gol, shuningdek, 59 ta golga assistentlik qilgan. Jamoa bilan erishgan yutuqlari La Liga (5), Chempionlar Ligasi (3), KJCH (2), Ispaniya Superkubogi (4) va UEFA Superkubogi (1).
Ma'lumot uchun, hozirda Guti "Real Madrid" akademiyasi bo'lmish "Xuvenil A"da murabbiylik qilmoqda.