«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini e'lon qildi. 32 yoshli portugaliyalik futbolchi o'zining Instagramdagi sahifasi orqali muxlisning murojaatiga javob berdi.
«Krishtianu, eng zo'rsan», — deya yozdi muxlis.
«Albatta, men eng zo'rman. O'tgan dushanba kuni The Best'ni kim qo'lga kiritganini tekshiring», – deya javob berdi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, 23 oktyabr kuni Ronaldu FIFA versiyasi bo'yicha ikkinchi marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.