Ajoyib xabar.
Ispaniyalik futbolchi Daniel Karvaxal kecha yurak bilan muammosi sabab so'nggi bor test-natijalarini topshirdi. Unga ko'ra Karvaxalning tuzalishi ajoyib tarzda kechmoqda va deyarli xavfdan forig' bo'ldi. Berilgan xabarlarga ko'ra Dani dushanba kundan boshlab maydonda mashg'ulotlarga kirishishi mumkin. Bu degani esa u tez kunlarda o'z sport formasini tiklab yashil maydonga qaytish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, klub 30-sentyabr kuni futbolchining yuragida infeksiya borligini rasman e'lon qilib o'tgan edi.