"Jirona" bosh murabbiyi Pablo Machin "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
G'alaba haqida
«Ushbu g'alaba xotiramda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Chempionat debyutanti deyarli 30 yildan beri «Real»ni mag'lub eta olmayotgan edi. Biz esa buni uddaladik. Bugun biz g'alabaga munosib o'yin ko'rsatdik. Tanaffusda men futbolchilarga, agar shunday o'ynashda davom etsak, g'alaba qozonishimiz mumkinligini aytdim. Biz Evropa chempionlar ligasi g'olibini mag'lub etdik. Ammo hozirgi formamiz 4 kun avvalgiga nisbatan yaxshi emas. Biz bor e'tiborimizni Primeradan jon saqlab qolish uchun kurashga qaratamiz.
Qay biri yaxshiroq: bugungi g'alaba yoki La ligaga chiqish
«La ligaga chiqmasak, bugungi g'alaba bo'lmasdi. Jahonning eng yaxshi jamoasi bilan tengma-teng o'ynadik. Bu g'alabani bizni uzoq vaqtdan beri qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga bag'ishlaymiz. Stadiondagi bugungi muhim bizga katta yordam berdi. Agar 3 yil avval kimdir menga «Real»ni mag'lub etishimni aytganida, men uni jinniga chiqargan bo'lardim».
O'yin haqida
«Yutqazayotgan paytimizda ham xotirjamlikni saqlab qoldik va belgilab olingan reja bo'yicha harakat qilishda davom etdik. Biz kurashdik va g'alaba qozondik — bu eng muhimi»
«Biz «Madrid»ni mag'lubiyatga uchratgan ekanmiz, demak, har qanday raqib bilan kurasha olamiz. «Jirona»ni qabul qilib olganimda, jamoa Segunda B ligasida o'ynardi. Hozir esa biz Primeradamiz va Evropa chempionini mag'lub etdik».
Jamoaga ishonch haqida
«G'olib chiqishimiz mumkinligiga rostdan ham ishongandim. Men bunga tanaffusga qadar ishongandim. 0:1 hisobi adolatli hisob emas edi va biz mag'lubiyatga munosib emasdik. Bugungi o'yinimiz orqali "Real" darvozasini 2 marta ishg'ol qildik».