Ispaniya chempionatining 10-turida Madridning "Real" jamoasi mavsum debyutanti "Jirona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shu tariqa "qirollik klubi" so'ngi 27 yil ichida ilk bor debyutant jamoaga mag'lub bo'ldi.
1990 yil 27 oktyabr kuni "Real Burgos" jamoasi "Qirollik klubi"ni taslim etgan edi. O'shanda madridliklar ustozi Jon Toshak bo'lib, tarkibda Ugo Sanches, Emilio Butrageno, Pako Buyo, Manolo Sanchis, Fernando Yerro va Michel kabi afsonalar to'p surgan bo'lsa-da, debyutantda mag'lub bo'lgan edi (1:2).
Shu paytgacha umumiy hisobda 10 ta klub La Ligadagi debyut mavsumida "Real" ustidan g'alaba qozongan: "Espanol", "Arenas", "Real Ovedo", "Real Mursiya", "Real Saragosa", "Deportivo", "Rayo Valekano" va "Kadis".
Shuningdek, "Jirona" klubi "Qirollik klubi"ning ketma-ket mehmondagi 13 ta g'alabali seriyasiga yakun yasashdi. Ispaniya tarixida mehmonda ketma-ket 13 ta g'alaba esa rekord natija bo'lib qoldi.