«Real» yarim himoyachisi Isko «Jirona»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:2) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Real» o'ldi, deb gapirishga hech kimning haqi yo'q. Biz hamisha qayta olishimiz mumkinligini namoyish qilganmiz.
Ishlarimiz yaxshi ketayotganida bizni buyuk jamoa deb aytish oson. Endi esa haqiqatan ham buyuk ekanimizni isbotlashimiz kerak. Bitta narsa aniq: bunday o'ynashda davom etib bo'lmaydi.
O'yin g'alati kechdi. Hisob 1:0 paytida o'zimizni yaxshi his qilayotgandik. Ikkinchi bo'lim boshidagi tushunarsiz vaziyat o'yinning borishini o'zgartirib yubordi», – dedi Isko.