«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu diskvalifitsiyaga uchrashi mumkin. U Ispaniya La ligasining «Jirona»ga qarshi 10-tur bahsida raqib yarim himoyachisi Pere Ponsuni yuziga turtdi. Natijada kataloniyalik futbolchi maydonga quladi.
Hakam ushbu vaziyat uchun portugaliyalik futbolchiga ogohlantirish bermadi.
Eslatib o'tamiz, avgust oyida Ispaniya superkubogi doirasida «Barselona»ga qarshi o'yinda hakamni turtgani bois Ronaldu 5ta o'yinga diskvalifikatsiya qilingandi.