«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida bo'lib o'tgan «Jirona»ga qrashi o'yin (1:2) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz 3 ochko yo'qotdik va endi peshqadamdan 8 ochko ortda qolyapmiz. Lekin bu hech narsani o'zgartirmaydi. «Real» farqni yo'qqa chiqarishi mumkin. Biz uchun omadli bo'lgan va raqiblarimiz ochko yo'qotadigan kunlar bo'ladi.
Bugun yomon o'ynadik deb ayta olmayman. O'yinimizga harakatchanlik etishmadi deb hisoblamayman. Biz harakat qildik. Ammo bugungi mag'lubiyat meni xavotirga soladi. Kontsentratsiya etishmovchiligi bilan bog'liq kamchilikni nimadir qilish kerak. «Jirona» birinchi golni autdan keyin urdi. Biz e'tiboni susaytirib qo'ygandik.
Men Chempionlar ligasi va La ligani ikkita toifaga ajratmayman. Chempionatda erinchoqlik qilayotganimiz yo'q. Aksincha, Ispaniya chempionati bizning kundalik yumushimiz. Ha, jamoa ochko yo'qotdi, ammo "Real" hamon g'alaba qozonishni istaydi», – dedi Zidan.