Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 1960-yildan 2004-yilgacha o'tkazilgan Qit'alaro mintaqaviy turnir g'oliblarini Klublar o'rtasidagi jahon chempioni deb e'lon qildi.
Bilasiz 2004-yilgacha klublar o'rtasidagi jahon chempionati qit'alaro kubok deb nom olgan edi. Bu qaror kecha FIFAning Kalkuttadagi sovetida aytib o'tildi. Ma'lumot uchun, oldin qit'alararo kubokda Chempionlar Ligasi g'olibi (UEFA) va Janubiy Amerika chempioni (Libertadares kubogi) o'zaro kuch sinashga xolda g'olibni aniqlashgan edi.
Endilikda esa bu turnir bitta nom bilan ya'ni Klublar o'rtasidagi jahon chempionati nomi bilan nomlanadigan bo'ldi. Madridliklar esa qit'alararo kubokni muqaddam 3 marta yutgan va KJCHni esa 2 marta yutgan edi. Bu orqali madridliklar dunyoda klublar o'rtasidagi jahon chempionatini eng ko'p 5 marta yutgan jamoaga aylandi.