Kecha "Yuventus" va sobiq "Real" forvardi Gonsalo Iguain "Milan" darvozasiga 2 ta to'p kiritib Italiya chempionatida 100 va 101-gollarini kiritishga muvoffaq bo'ldi.
Bu orqali argentinalik hujumchi "Manchester Yunayted" forvardi Zlatan Ibrahimovichning yaqin 20 yillikdagi rekordini takrorladi. Bundan oldin Zlatan top-5 chempionatlari bo'lmish, ya'ni Italiya A seriyasi 122 ta, Fransiya chempionatida esa 113 ta to'p kiritib yaqin 20 yillikdagi eng yaxshi natijaga erishgan edi.
Iguain esa Italiyada 101 ta, Ispaniya chempionatida "Real" safida 107 ta gol kiritgan.