FIFA 1960 va 2004-yillar orasida Chempionlar Ligasi va Libertadores Kubogi g'oliblari kurashgan Qit'alararo Kubok bilan 2000-yilda tashkil qilingan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini birlashtirishga qaror qildi.
Bu esa 1960, 1998, 2002-yillarda Qit'alararo kubokni, 2014 va 2016-yillarda klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini yutgan “Real”ga klublar o'rtasidagi besh karra chempion maqomini beradi.
Bu bilan madridliklar azaliy raqibi “Barselona”dan o'zib ketdi. Kataloniyaliklar ushbu nufuzli sovrinni 2009, 2011 va 2015-yillarda yutib olgan edi. Bu ko'rsatkich hozirgacha rekord natija bo'lib kelayotgandi. Endi “Barselona” peshqadamga aylanish uchun kamida yana ikki marta ushbu sovringa ega chiqishi kerak bo'ladi.