Madridning «Real» klubi murabbiylar shtabi «Tottenxem» yarim himoyachisi Dele Alli xarid qilinishini istaydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Biroq London klubi Alli bilan shartnoma uzaytirilishini istamoqda.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, «shporlar» uning haftalik maoshini 150 ming funt sterlinggacha oshirmoqdalar. Ayni paytda u haftasiga 50 ming olmoqda. Bordiyu, Allining maoshi ko'tarilmasa, u «Tottenxem»ni tark etadi.
Eslatib o'tamiz, uning kelishuvi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi.