«Real» klubi himoyachisi Daniel Karvaxal mashg'ulotlarga qaytdi. Bu haqida ispaniyalik himoyachi o'z ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qilgan.
«Qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun barchangizga tashakkur. Yana mashg'ulotlar o'tayotganimdan shodman. Tiklanishga yaqin turibman», — deya yozadi himoyachi o'z tvitter sahifasida.
Oktyabr oyining boshlarida Daniel Karvaxal yuragidagi muammo sabab kamida ikki oy maydonga tusha olmasligi haqidagi xabarlar yangragandi.
Futbolchi yurak faoliyatiga salbiy ta'sir o'tkazadigan virusni yuqtirib olgandi.