«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa yarim himoyachisi Garet Beylning muntazam jarohat olishidan norozi bo'lmoqda. Portugaliyalik futbolchi klub prezidenti Florentino Peresga murojaat qilib, 28 yoshli uelslik o'yinchini sotib yuborishni so'radi.
Ronaldu Beylning o'rniga hozirda ijara asosida «Valensiya»da o'ynayotgan «PSJ» hujumchisi Gonsalo Gedeshni olib kelinishini istamoqda.
Gedesh ushbu mavsumda Ispaniya La ligasida 7ta o'yinda maydonga tushib, ularda 3ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.