«Real» bosh direktori Xose Anxel Sanches jamoa yanvar oyida yangi futbolchi sotib olish niyati yo'qligini ma'lum qildi.
«Yanvar oyidagi transferlar borasida bizda reja yo'q. Har qanday holatda bu murabbiyga taalluqli savol. Lekin hozirda qishki transfer bozoriga e'tibor qaratmayapmiz», – dedi «Madrid» bosh direktori.
«Biz rostdan ham yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi emasmiz. Faqat futbolchilardan biri jiddiy jarohat olsagina, vaziyat o'zgarishi mumkin», — dedi Xose Anxel Sanches.