«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tug'ilajak qiziga ism topib qo'ydi. U qizini Alana Martina deb atashga qaror qildi. Bu haqda "Marka" nashri xabar tarqatdi.
Krishtianuning qallig'i Jorjina Rodriges hozirda homilador bo'lib, yaqin orada farzandini dunyoga keltirishi kutilmoqda.
Hozircha Ronalduning 3 nafar farzandi bor: Kichkina-Krishtianu (2010 yilda tug'ilgan) hamda egizaklar Eva va Mateu (2017 yilda tug'ilgan) surrogat onalarda dunyoga kelgan.