Kecha La Ligadagi o'zlarining 33-chempionliklarini qo'lga kiritgan "Real Madrid" futbolchilari musobaqadagi ulkan g'alabani "Sibeles" maydonida o'z muxlislari bilan nishonladilar.
"La Rosaleda" stadionidan to'g'ri markaziy maydonga yo'l olgan "Real" delegatsiyasi - futbolchilar, murabbiylar shtabi, jamoaning barcha a'zolari minglab muxlislar bilan birgalikda haqiqiy shou uyushtirdilar. Tadbir davomida jamoa sardori Serhio Ramos va vitse-sardor Marselo an'anaga ko'ra "Sibeles" markazidan o'rin olgan yodgorlikka "Real Madrid" bayrog'i hamda sharfini boyladilar. Shuningdek 33-chempionlik ramzi tushirilgan avtobusda Madrid bo'ylab tantanani davom ettirdilar.
RealBlancos