«Atletiko» klubi yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karrasko o'z jamoasi muxlislari va yangi stadion haqida fikr bildirib o'tdi.
«Atletiko» ishqibozlari — Ispaniyadagi eng zo'ri. Bizning stadion boshqalariga o'xshamaydi, masalan, «Real»nikiga, ularda muxlislarning ko'pi sayyohlardir va ular uchrashuvni xuddi uyda o'tirib tomosha qilayotgandek ko'radilar.
Bizning fanatlar ishchi tumanlardan keladilar, ularning barchasi ehtirosli va klub deya yashaydilar. Yangi stadiondagi atmosfera aqlbovarqilmas darajada. Uning hali «Visente Kalderon»dagidek qalbi yo'q, biroq bu amalga oshadi», — deydi Ferreyra-Karrasko.