Ispaniya La ligasining 10-turida doirasida 29 oktyabr kuniga belgilangan «Jirona» – «Real» uchrashuvi qoldirilishi mumkin.
Agar Kataloniya hukumati yaqin kunlarda Ispaniyadan ajralib chiqqani borasida rasmiy bayonot bersa, mahalliy politsiya xavfsizlik nuqtai nazaridan o'yinni boshqa muddatga qoldirishni so'ramoqchi.
Jirona – Kataloniyaning markaziy shaharlaridan biri. Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon avvalroq aynan ushbu shahar hokimi bo'lgan.