Frantsiyaning “PSJ” jamoasi hujumchisi Edinson Kavanining sobiq agenti Aleks Papasanning aytishiga ko'ra, 2007 yilda urugvaylik futbolchi "Real"ga transfer qilinishi kerak bo'lgan. O'sha vaqtda Edinson "Dunabio" tarkibida o'ynagan.
"Bir kuni samolyotning zinalaridan ko'tarilayotganimda, menga "Real"ning yoshlar tarkibi murabbiysi Michel qo'ng'iroq qilgan. U mendan Edinsonning "Kastilya"da o'ynash olishi haqida so'radi. Yarim yildan keyin esa "Real"ning asosiy tarkibiga o'tishini, unga Edinsonning o'yinlari juda yoqishini aytdi. Biroq yakunda ular Gonsalo Iguain bilan shartnoma imzolashgandi", - deydi agent