Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf 199 yilda nega “Real”dan “Inter”ga o'tganini aytib o'tdi.
“Real” meni boshqa klubga sotmoqchi ekanligini eshitganimda hayron bo'lgandim. Keyin bilsam, klubga pul kerak ekan, meni esa yaxshigina pulga sotish mumkin edi. Biz o'zaro kelishdik — men ketadigan bo'ldim. Bu paytda Braziliyada dam olayotgandim. Ertalab esa menga Lippi qo'ng'iroq qilib, meni “Inter”da ko'rishni istayotganini aytdi. U meni Ronaldo va Veraning ortidagi chiziqda o'ynatmoqchi ekan. Men bu taklifni qabul qildim, chindan ham bu ajoyib taklif edi”, dedi Zeedorf.