Bundan 10 yil oldin 2007-yilda Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani "Real Madrid" futbolchisi bo'lishi mumkin edi... biroq yakunda Gonzalo Iguain "Real" a'zosiga aylangan.
Kavanining agenti Aleksis Papasan o'z avtobiografiyasi yozilgan kitobda aytishicha, 10 yil oldin "Real Madrid Kastilya" bosh murabbiyi Michel agentga qo'ng'iroq qilgan va :"Kavabi faoliyatini "Kastilya"da boshlaydi va bir yildan so'ng "Real" bosh jamoasiga o'tkaziladi, ammo oradan hech qancha vaqt o'tmay ular Iguain bilan shartnoma tuzishdi", - deydi Kavanining agenti Aleksis Papasan.
Shundan so'ng "El Matador" Italiyaga "Palermo" klubiga ko'chib o'tadi.