Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan ushbu yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu sovrin Ronalduning kolleksiyasida bundan oldin 2 marta joy olgan edi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2016/17-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, barcha turnirlarda 46 o'yinda maydonga tushib 42 ta gol va 12 ta golga assistentlik qilgan.