«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte «Real» yarim himoyachisi Garet Beylni o'z jamoasiga olib kelishni istamoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, italiyalik mutaxassis Diego Kostaning «Atletiko»ga sotilishidan tushgan pulni uelslik futbolchini xarid qilish uchun sarflamoqchi. Eslatib o'tamiz, Kosta sentyabr oyida 58 million funt sterling evaziga "matraschilar" safiga o'tgandi.
Avvalroq Beylga «Manchester Yunayted» tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida ma'lumotlar tarqalgandi. Garetning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.