«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 9-turi doirasida bo'lib o'tgan «Eybar»ga qarshi o'yin (3:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Natijadan qoniqish hosil qildim, ammo yanada yaxshiroq o'ynay olishimiz mumkin. 3:0 hisobidagi g'alaba – yaxshi yakun. Biz himoyada munosib o'yin ko'rsatdik, ammo o'yinimiz ideal chiqmadi.
Tarkibda rotatsiya qilishimga to'g'ri keldi. Busiz ba'zida ideal o'yin ko'rsatish qiyin.
Og'ir kechgan haftadan keyin Benzemaga dam berishga qaror qildik. Shu bois, u bugun zaxirada qoldirildi. Bu shunchaki oddiy rotatsiya. Unga dam berishga qaror qildim, ammo u zaxiradan maydonga tushib, yaxshi o'yin namoyish qildi.
Kimdir Benzemani imkoniyatidan yuqori baholangan futbolchi deb hisoblasa, men uning fikriga qo'shilmayman. Uning o'yini menga yoqadi, ammo hammaning fikri turlicha», – dedi Zidan.