“Real” ustozi Zinedin Zidan yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lishi imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Men dunyoning eng kuchli murabbiyi emasman. Mening baxtim dunyoning eng kuchli klubida eng kuchli futbolchilar bilan birga ishlayotganimdir. To'g'ri, men mavsumning eng yaxshisi bo'lishga arziydigan ishlar qildim, ammo eng zo'riman deb ayta olmayman”, dedi Zidan.
Mazkur sovrin uchun Zidanga “Chelsi” uztozi Konte va “Yuventus” murabbiysi Allegri raqiblik qiladi.